Milliy malaka tizimini rivojlantirish
instituti

Milliy malaka tizimining yagona raqamli platformasi

Milliy malaka tizimi subyektlari, jarayonlari va ma'lumotlarini yagona raqamli muhitda birlashtiruvchi, kasbiy standartlar, malakalarni baholash, sertifikatlash, ta'lim va mehnat bozori o'rtasidagi integratsiyani ta'minlovchi hamda davlat axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan yagona axborot muhitidir.

Hamkor tashkilot logotipi 1
Hamkor tashkilot logotipi 2
Hamkor tashkilot logotipi 3
Hamkor tashkilot logotipi 4
Hamkor tashkilot logotipi 5
Hamkor tashkilot logotipi 6
Hamkor tashkilot logotipi 7
Hamkor tashkilot logotipi 8
Hamkor tashkilot logotipi 9
Hamkor tashkilot logotipi 10
Hamkor tashkilot logotipi 11
Hamkor tashkilot logotipi 12
Hamkor tashkilot logotipi 13
Hamkor tashkilot logotipi 14
Hamkor tashkilot logotipi 15
Hamkor tashkilot logotipi 16
0+Kasbiy standartlar
0+Malakalar
0+Ta'lim dasturlari
0+Ta'lim tashkilotlari
0+Malakani baholash markazlari

Yangiliklar

Barcha yangiliklar
O‘zbekistonda bank sohasi uchun dual ta’lim dasturlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi Yangiliklar
28.09.2026

O‘zbekistonda bank sohasi uchun dual ta’lim dasturlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi

Toshkent shahridagi Courtyard by Marriott mehmonxonasida GIZ (Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati) va German Sparkassenstiftung for International Cooperation hamkorligida TexVET II loyihasi doirasida O‘zbekistonda bank sohasi uchun dual kasbiy ta’lim va dual oliy ta’lim dasturlarini joriy etishga bag‘ishlangan ochilish tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Bank va moliya sohasi hamda Iqtisodiyot va moliya sohasi tarmoq kengashi vakillari , ta’lim tashkilotlari, bank sektori mutaxassislari, milliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi Germaniyaning ilg‘or tajribasi asosida bank sektori uchun zamonaviy dual ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish , ta’lim jarayonida nazariy bilimlarni amaliy tayyorgarlik bilan uyg‘unlashtirish hamda mehnat bozori talablariga mos, malakali va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Loyiha doirasida Andijon va Marg‘ilon shaharlaridagi texnikumlar negizida bank sohasi uchun dual kasbiy ta’lim dasturlarini, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida esa bakalavriat darajasidagi dual oliy ta’lim dasturini joriy etish nazarda tutilgan. Mazkur jarayonning muhim yo‘nalishlaridan biri — bank sohasi ehtiyojlaridan kelib chiqib kasbiy standartlarni ishlab chiqish va takomillashtirish dir. Kasbiy standartlarda bank sektorida faoliyat yurituvchi mutaxassislarga qo‘yiladigan zamonaviy talablar, zarur bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni aniq belgilash orqali ta’lim dasturlarining mazmunini mehnat bozori ehtiyojlariga yanada yaqinlashtirish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, dual ta’lim modelini samarali yo‘lga qo‘yishda ta’lim tashkilotlari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik ka alohida e’tibor qaratiladi. Bunda banklarning real ish jarayonlari, amaliy ehtiyojlari va kadrlarga bo‘lgan talablari ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, yangilash va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda inobatga olinadi. Loyiha doirasida “Agrobank” va “Mikrokreditbank” bilan hamkorlikda dual ta’lim dasturlarini sinovdan o‘tkazish, Germaniyaning mazkur yo‘nalishdagi ilg‘or tajribasini o‘rganish, shuningdek, ta’lim dasturlari va kasbiy standartlarni ishlab chiqish jarayonlariga milliy hamda xalqaro ekspertlarni jalb etish rejalashtirilgan. Dual ta’limning ushbu modeli ta’lim tashkilotlari, tarmoq kengashlari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish orqali “ta’lim — kasbiy standart — amaliyot — mehnat bozori” o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Mazkur tashabbus o‘quv jarayonlarini real ish muhiti bilan uyg‘unlashtirish, talaba va o‘quvchilarning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish, bank sektorining zamonaviy talablariga javob beradigan malakali kadrlar tayyorlash hamda ta’lim sifati va mehnat bozori o‘rtasidagi integratsiyani yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Batafsil o'qish
Ijtimoiy ish sohasida dual ta’limni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi Yangiliklar
23.09.2026

Ijtimoiy ish sohasida dual ta’limni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Bugun, 23-sentabr kuni Toshkent shahridagi Courtyard by Marriott Tashkent mehmonxonasida “ Yangi O‘zbekiston ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirishda dual ta’limning ahamiyati ” mavzusida ilmiy-amaliy davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) “Aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish va integratsiya qilishga ko‘maklashish (PROSPI)” loyihasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etildi. Davra suhbatida O‘zbekistonda “Ijtimoiy ish” yo‘nalishi bo‘yicha dual ta’lim modelini joriy etishning strategik va institutsional asoslari , ta’limning akademik va amaliy komponentlarini uyg‘unlashtirish, oliy ta’lim muassasalarining dasturdagi o‘rni hamda manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlari muhokama qilindi. Tadbirda oliy ta’lim, kasbiy ta’lim, malaka tizimini rivojlantirish hamda ijtimoiy himoya sohasidagi mutaxassislar, jumladan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kasbiy ta’lim agentligi, Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti, oliy ta’lim muassasalari va Ijtimoiy himoya milliy agentligi hududiy boshqarmalari vakillari ishtirok etdi. Dual ta’lim: nazariya va amaliyot uyg‘unligi Muhokamalar davomida dual ta’limning mazmun-mohiyati, uning an’anaviy amaliyot mashg‘ulotlariga ega bakalavriat dasturlaridan farqli jihatlari hamda ijtimoiy ish sohasida ushbu modelni joriy etishning strategik asoslari haqida fikr almashildi. Shuningdek, boshqa sohalarda dual ta’limni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va to‘plangan tajriba ham ko‘rib chiqildi. Davra suhbatida oliy ta’lim muassasalari, INSON markazlari va ijtimoiy xodimlar bilan o‘tkazilgan konsensus-seminarlar natijalari ham taqdim etildi. Jumladan, taklif etilayotgan dual ta’lim modelining tuzilmasi, nazariya va amaliyot o‘rtasidagi nisbat, INSON markazlaridan amaliyot maydonchasi sifatida foydalanish, shuningdek, korxonadagi murabbiylarni tayyorlashda Malaka oshirish markazining roli va akkreditatsiya masalalari muhokama qilindi. Hamkorlik va umumiy mas’uliyat Tadbirning muhim jihatlaridan biri — dual ta’limni faqat oliy ta’lim muassasasining vazifasi sifatida emas, balki bir nechta manfaatdor tashkilotlarning uzoq muddatli va muvofiqlashtirilgan hamkorligini talab etadigan tizim sifatida ko‘rib chiqish bo‘ldi. Shu maqsadda ishtirokchilar to‘rtta institutsional yo‘nalish bo‘yicha guruhlarga bo‘linib, har bir tashkilotning vazifalari, o‘zaro kutishlari, mavjud imkoniyatlari va ehtimoliy muammolarini muhokama qildilar. Yakuniy sessiyada esa qo‘shma mas’uliyat matritsasini shakllantirish , takrorlanish va bo‘shliqlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha umumiy yondashuvlar ishlab chiqildi. Shuningdek, har bir muassasa tomonidan dastur bo‘yicha mas’ul shaxsni belgilash va keyingi bosqichgacha amalga oshiriladigan aniq vazifalarni muddatlari bilan belgilash masalalariga e’tibor qaratildi. Keyingi qadamlar Davra suhbatining yakuniy qismida ijtimoiy ish sohasida dual ta’lim modelini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha kelgusi olti oy uchun asosiy bosqichlarni o‘z ichiga olgan dastlabki yo‘l xaritasi taqdim etildi. Mazkur tashabbus ijtimoiy ish sohasida ta’lim va amaliyotni yanada yaqinlashtirish, oliy ta’lim muassasalari hamda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan muhim qadam sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Batafsil o'qish
Milliy malaka tizimini rivojlantirish: HELVETAS bilan xalqaro tajriba almashildi Yangiliklar
22.09.2026

Milliy malaka tizimini rivojlantirish: HELVETAS bilan xalqaro tajriba almashildi

Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida Shveysariyaning HELVETAS Swiss Intercooperation tashkiloti tomonidan “CHEBER: Qirg‘izistonda ko‘nikmalarni rivojlantirish” loyihasi rahbari Kristian Vagner hamda O‘zbekistondagi VET4UZ loyihasi rahbari Simone Strasburger ishtirokida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida O‘zbekistonda norasmiy va informal ta’lim orqali egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni tan olish bo‘yicha joriy etilgan mexanizmlar hamda to‘plangan amaliy tajriba yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, malakani mustaqil baholash jarayonlarini tashkil etish, amaldagi baholash mexanizmlari, malakani baholash markazlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi hamda ularga qo‘yiladigan talablar, shuningdek, norasmiy va informal ta’lim natijalarini tan olish tizimini yanada takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Muloqot chog‘ida Milliy malaka tizimini rivojlantirishda xalqaro tajriba almashishning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishda shakllangan amaliy tajribani Qirg‘iziston bilan o‘rtoqlashish, malakalarni baholash va tan olish mexanizmlarini takomillashtirish hamda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida kasbiy malakalarni rivojlantirish, norasmiy hamda informal ta’lim natijalarini tan olish borasida tajriba almashish, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim muloqot maydoni bo‘ldi.

Batafsil o'qish
Mehnat bozori talablariga mos kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar o‘rganildi Yangiliklar
21.09.2026

Mehnat bozori talablariga mos kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar o‘rganildi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda xalqaro NIRAS kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilayotgan “SKILL UP” loyihasi doirasida amaliy seminar tashkil etildi. Shveytsariya Kasbiy ta’lim federal universiteti – SFUVET bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur seminar “SFUVET yondashuvi bo‘yicha fundamental tushunchalarni shakllantirish: SKA tahlili va tegishli o‘quv kurslarini ishlab chiqish” mavzusida o‘tkazildi. Unda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti yuriskonsulti A.Opayev hamda Malakani baholash va akkreditatsiya guruhi rahbari A.Uzakbayev ishtirok etdi. Seminar davomida ishtirokchilar Bilim, Ko‘nikma va Munosabatlar (SKA) tahlili, kasbiy faoliyatni o‘rganish, muayyan kasb uchun zarur kompetensiyalarni aniqlash, norasmiy ta’lim kurslari uchun o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar. Seminarni SFUVETning xalqaro aloqalar bo‘yicha katta maslahatchisi, Shveytsariya Xalqaro kasbiy ta’lim akademiyasi rahbari Emanuel Andreas Wüthrich olib bordi. Mazkur seminar natijalari “SKILL UP” loyihasi doirasida mehnat bozori va ish beruvchilar talablariga mos qisqa muddatli kasbiy o‘quv kurslarini ishlab chiqish, ta’lim mazmunini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish hamda kompetensiyalarni baholash mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Batafsil o'qish

O'z malakangizni tasdiqlang va imkoniyatlarni kengaytiring!

Kasbiy rivojlanish sari ishonchli qadam.

Ro'yxatdan o'tish